Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Turkiyada tarovih namozi masjidlarda o‘qilmaydi

Turkiyada tarovih namozi masjidlarda o‘qilmaydi

Turkiya Din ishlari boshqarmasi raisi Ali Erboshning ma’lum qilishicha, tarovih namozi bu yil ham masjidlarda emas, uyda o‘qiladigan bo‘ldi.

“Afsuski, epidemiya hali ham davom etmoqda. Kasallanish va o‘lim holatlari ortyapti. Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi va davlatimizning vakolatli organlari bilan maslahatlashuvlar natijasida tarovih namozini masjidlarda emas, uyda o‘qilishi haqida qaror qabul qildik”, – dedi Erbosh.

U tarovihni uyda, bolalar bilan birga o‘qish mumkinligini, shu tariqa xonadonlarni go‘zal ibodat maskaniga aylantirsa bo‘lishini aytib o‘tdi. Shuningdek, Ali Erbosh tarovihni masjidda o‘qish imkoniyati paydo bo‘lishi bilan ma’lumot berilishini bildirdi.

5 aprel holatiga Turkiyada 42 551 kishida koronavirus aniqlandi, bemorlardan 193 nafari vafot etdi. Shuday qilib, koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 3,5 milliondan oshdi, ushbu virus tufayli vafot etganlarning soni esa 32,5 mingga yaqinlashdi.

Kiritildi: 20:10 06.04.2021. O'qildi: 1877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!