Turkiya janubi-sharqidagi Shanliurfa viloyatining Akchakale tumanida Suriyadan mamlakatga kirgan yuk mashinasining yonilg‘i bakidan o‘nlab avtomat qurol va magazinlar topildi.
Akchakale bojxona xizmati Kontrabandaga qarshi kurash va razvedka boshqarmasi xodimlari Suriyadan kelgan yuk mashinasini ko‘zdan kechirgan.
Tekshiruv davomida avtomashinaning yonilg‘i bakidan 51 dona avtomat va 41 dona magazin topilib, olib qo‘yildi.
Yuk mashinasi haydovchisi A.B. qo‘lga olindi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.