Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiyada ro‘y bergan avtobus ishtirokidagi YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada ro‘y bergan avtobus ishtirokidagi YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Kayseri viloyatida avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi jarohatlandi.

OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, avtobus katta yo‘ldan chiqib ketgan va ag‘darilib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus Malatyadan Istanbulga ketayotgan bo‘lgan. Voqea joyiga ko‘plab qutqaruvchilar va tez yordam brigadalari jalb qilingan.

Qayd etilishicha, uch kishi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, uch nafar yaradorning ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.

Avtobus haydovchisi hibsga olingan.

Kiritildi: 11:59 29.01.2023. O'qildi: 1226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!