Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Turkiyada polisiya idorasiga qurolli hujum uyushtirildi

A A A
Turkiyada polisiya idorasiga qurolli hujum uyushtirildi

Turkiyaning Izmir shahrida polisiya bo‘limiga qurolli hujum uyushtirildi. Hodisa natijasida ikki polisiyachi halok bo‘ldi, yana ikki nafar xodim yaralandi.

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatda gumonlanuvchi qo‘lga olingan. U 16 yoshli Ye.B. ekani aytilmoqda.

Erlikaya voqea yuzasidan tergov boshlanganini qo‘shimcha qildi. Tekshiruv jarayoni haqida jamoatchilikka ma’lumot berib boriladi.

Bo‘lim boshlig‘i esa voqea munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Kiritildi: 17:28 08.09.2025. O'qildi: 1905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!