AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi fonida Turkiyada oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘sishi 20 foizga tezlashdi. Energiya, logistika va qadoqlash xarajatlarining oshishi butun oziq-ovqat sanoatiga zarba berdi, deb yozadi Türkiye gazetasi.
Oziq-ovqat sanoati uyushmalari federasiyasi rahbari Husayn Bozdagning ma’lum qilishicha, urush boshlanganidan beri meva va sabzavotlar narxi 15–20 foizga ko‘tarilgan, transport xarajatlari esa fermadan peshtaxtagacha bo‘lgan ta’minot zanjirini jiddiy ravishda buzgan.
Maqolada ta’kidlanishicha, narx oshishi har bir bosqichda to‘planib boradi: fermada 8 lira turadigan mahsulot ulgurji savdoda 26 liraga, supermarketda esa allaqachon 50 liraga yetmoqda.