Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiyada Navro‘z qanday nishonlanadi?

A A A
Turkiyada Navro‘z qanday nishonlanadi?

Dunyodagi eng qadimiy bayram sifatida tanilgan «Navro‘z» bayrami «bahor elchisi» va «yangi kun» sifatida tanilgan. 5000 yil davomida yuzlab turli nomlar ostida nishonlangan «Navro‘z» madaniy meros orqali saqlanib qolgan va turk xalqlari orasidagi rishtalarini mustahkamlagan eng muhim bayramlardan biri sanaladi.

To‘kin-sochinlik, unumdorlik, mehr-muhabbat, birodarlik va do‘stlik ramzi bo‘lgan Navro‘z Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Tojikistonda milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Butun Turk olami tomonidan hayajon bilan nishonlanadigan, qalblar shodlik va kelajakka umid bilan to‘lgan ushbu bayramda g‘amgin bo‘lish katta uyat sanaladi. Bayram tantanalarida hududlarga qarab turlicha o‘yinlar o‘ynaladi, shu bilan birga, bu kun uchun maxsus taomlar pishirilib, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi. Birgalikda Navro‘z dasturxonidan baxramand bo‘lganlaridan so‘ng, odamlar bir-birlarining yangi yilini nishonlaydilar, qabrlarni ziyorat qiladilar.

Anatoliya va Markaziy Osiyo madaniyatlarida bahorning kelishidan darak beruvchi Navro‘z bayrami Turkiyada 20 mart kuni nishonlanadi.

NAVRO‘Z TARIXI VA MA’NOSI

Navro‘z an’anasi so‘nggi muzlik davri tugashidan bir oz oldin, ya’ni 15 000 yil oldin boshlangan. O‘sha asrlarda fasllar inson hayotida hozirgidan ko‘ra muhimroq bo‘lib, hayot bilan bog‘liq barcha narsalar to‘rt fasl bilan juda chambarchas bog‘liq edi. Qattiq qishdan so‘ng kelgan bahor ona tabiatning gul uyqusidan uyg‘onishini, ko‘katlar ko‘kalamzorlashtirishini, chorva mollarining tug‘ilishini anglatardi, insoniyat uchun katta imkoniyat, to‘kin-sochinlikning jonlanishi edi.

Turkiyada Navro‘zning eng muhim tamoyili olov yoqishdir. Bu kechada Tongel deb atalgan otashlar yoqiladi, tilak aytiladi va ustidan sakrab o‘tiladi. Olovdan sakrab o‘tgan har bir kishining tilaklari ijobat bo‘ladi va barcha kasalliklardan xalos bo‘ladi, deb ishoniladi.

Shu kun uchun maxsus tuzilgan va 7 xil taomdan iborat «Navro‘z dasturxoni» ga jamoa bo‘lib o‘tiriladi. Yilning to‘kin-sochinlik bilan o‘tishi uchun yozilgan dasturxonda hamma istagan taomini yeydi va yilning shu yo‘sinda to‘qchilikda o‘tishini tilaydi.

Nizomjon Islomov tayyorladi.

Kiritildi: 17:35 21.03.2022. O'qildi: 4826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!