Turkiyaning Ordu viloyatida qishloq xo‘jaligi ishchilarini olib ketayotgan transport vositasi ag‘darilib ketdi.
TRT Haber xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana 11 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Hodisa joyiga tez tibbiy yordam brigadalari va polisiya xodimlari yuborilgan. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Ayni paytda avariya sabablarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.