Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiyada kuchli zilzila: 19 kishi halok bo‘ldi (video)

Turkiyada kuchli zilzila: 19 kishi halok bo‘ldi (video)

Turkiya sharqida kuchli zilzila yuz berishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiyaning favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar bo‘yicha boshqarmasi (AFAD) ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, Elyazig‘, Malatya va Diyorbakir viloyatlarida 19 nafar odam halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 922 kishi jarohatlangan, shundan 34 nafarining ahvoli juda og‘ir.

AFAD ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 6,8 ballni tashkil qilgan. Zilzila Elyazig‘ viloyatining Sivrij shahrida 24 yanvar soat 20:55 da qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i 7 km yer ostida bo‘lgan. Zilziladan keyin 2,7 dan 5,4 magnitudagacha 118 ta aftershok qayd qilingan.

Ushbu zilzila kuchini Turkiyada 500 mingga yaqin odam va qo‘shni Iroq, Suriya va Livan aholisi sezgan.

Ma’lum qilinishicha, zilzila oqibatida binolarga jiddiy shikast yetgan. Voqea joyiga qidiruv-qutqaruv xizmatlarining mingga yaqin xodimi jo‘natilgan.

Kiritildi: 11:16 25.01.2020. O'qildi: 2939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!