Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiyada jinsiy qullikda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar qutqarildi

Turkiyada jinsiy qullikda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar qutqarildi

Turkiyaning Istanbul shahrida polisiya xodimlari tomonidan jinsiy qullikda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar qutqarildi. Bu haqda Haberler turk nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, polisiya xodimlari katta tezkor operasiya o‘tkazishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan jinoiy guruh aniqlandi.

Tezkor operasiya bir vaqtning o‘zida shaharning 7 ta yirik tumanida o‘tkazildi. Polisiya 30 dan ortiq fohishalik xizmatlari ko‘rsatilayotgan uylarni aniqladi.

Tezkor tadbir natijasida 85 nafar ayol aniqlandi, ulardan 35 nafari Qirg‘iziston fuqarosi, qolganlari - o‘zbekistonliklar. Jinoiy guruh a’zolari internet orqali ayollar bilan tanishib, ishqiy yozishmani yo‘lga qo‘yishgan. Keyinchalik turmushga chiqish bahonasi bilan ularni Turkiyaga taklif qilishgan. Kelgan ayollar fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlangan , - deyilgan xabarda.

Intim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha priton larni tashkil qilish holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Hozirda ayollarni o‘z vatanlariga deportasiya qilish masalasi hal qilinmoqda.

Kiritildi: 10:27 13.02.2019. O'qildi: 2378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!