Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Turkiyada iroqlik «ISHID amiri» qo‘lga olindi

A A A
Turkiyada iroqlik «ISHID amiri» qo‘lga olindi

Turkiya polisiyasi ISHID terrorchilik guruhining ikki a’zosi — «amir Sinjar» Abdulholiq Kurdiy va uning o‘g‘li Mehdi Kurdiyni qo‘lga oldi. Bu haqda 18 sentyabr kuni IHA agentligi xabar bermoqda, deb yozadi «RIA Novosti».

Operasiya markaziy turk provinsiyasi Kayserida o‘tkazildi. Har ikkala Kurdiy Iroqda ISHID guruhi tomonidan kurashgan.

Abdulholiq Kurdiy Sinjarda «ISHID amiri» ekanligi, uning o‘g‘li esa mazkur terrorchilik tashkilotining jangarisi bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 06:00 19.09.2018. O'qildi: 1583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik