Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Turkiyada Fathulla Gulenga aloqadorlikda gumonlangan 106 kishi hibsga olindi

Turkiyada Fathulla Gulenga aloqadorlikda gumonlangan 106 kishi hibsga olindi

"Anadolu" axborot agentligining xabar berishicha, 16 sentyabr chorshanba kuni Turkiyada olib borilgan operasiyada Fathulla Gulenga aloqadorlikda ayblanib 106 kishi hibsga olingan.

Ularning ko‘pchiligi ayni paytda faoliyat olib borayotgan askarlardir. Turkiya hukumati Fathulla Gulenni 2016 yilda amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishini tashkillaganligini aytmoqda.

Turkiya polisiyasi tomonidan olib borilgan mazkur operasiya Gulenning mamlakat ichidagi tarafdorlarini ta’qib qilish davom etayotganini bildiradi. Fathulla Gulen ayni paytda AQShda istiqomat qiladi. U o‘zining 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aralashganini rad etib kelmoqda. Turkiyada to‘rt yil avval yuz bergan ushbu notinchliklarda 250 ga yaqin odam halok bo‘lgandi.

Istanbul davlat prokraturasi Gulenga aloqadorlikda gumon qilib 132 kishini hibsga olishga buyruq bergan bo‘lib, ularning 82 nafari ayni paytda armiyada faoliyat olib borayotgan xodimlardir. Qolgan gumonlanuvchilar esa harbiy kuchlardan nafaqaga chiqqan yoki haydalganlar. Hozirgacha turk polisiyasi mamlakatdagi 34 ta viloyatda gumonlanuvchilarning 106 tasini hibsga olgan.

Turkiyada 2016 yilda davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lganidan keyin 150 mingta davlat xizmatchilari, harbiylar va boshqalar ishdan olindi. Birgina Turkiya armiyasining o‘zidan 20 ming kadr haydaldi. Yana 80 ming atrofida odam o‘zining sudi bo‘lishini kutib qamoqda ushlanib turilibdi.

Kiritildi: 05:30 17.09.2020. O'qildi: 2319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!