Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Turkiyada F-16 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Turkiyada F-16 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

9-asosiy reaktiv havo bazasi qo‘mondonligiga tegishli F-16 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi, natijada uchuvchi halok bo‘ldi.

Bu haqda Turkiyaning Balikesir viloyati gubernatori Ismoil Ustao‘g‘lu ma’lum qildi.

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, halokat Toshkent vaqti bilan soat 03:50 atrofida samolyot rejalashtirilgan missiyani bajarayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Turkiyaning "Yeni Akit" gazetasi Turkiya Mudofaa vazirligi qiruvchi samolyotning halokatga uchraganini tasdiqlaganini xabar qildi. Harbiylar, shuningdek, qidiruv-qutqaruv operasiyasini boshlagani va vayronalarni topgani va aviahalokatni tekshirish komissiyasi halokat sababini aniqlaydi.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!