Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiyada avtobus va benzovoz to‘qnashdi

Turkiyada avtobus va benzovoz to‘qnashdi

Turkiyaning Kayseri viloyatida yo‘lovchi avtobusi va benzin tashuvchi avtosisterna ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 35 kishi jarohatlandi.

Hodisa Kayserining Melikgazi tumanidagi Osman Kavunju bulvarida, Kayseri sanoat zonasi chorrahasida ro‘y bergan. Jizredan Anqaraga yo‘l olgan yo‘lovchi avtobusi benzin ortilgan avtosisterna bilan to‘qnashgan.

Voqea joyiga ko‘plab tez yordam, polisiya va o‘t o‘chirish brigadalari jalb qilingan. Jarohatlangan 35 kishi Kayseridagi turli shifoxonalarga yetkazilgan.

To‘qnashuv oqibatida avtosisterna ag‘darilib, undagi yoqilg‘i yo‘lga to‘kilgan. Mahalliy kommunal xizmatlar benzinni tozalash ishlarini boshlagan.

Kiritildi: 12:04 25.08.2026. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik