Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiya va G‘arb o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda

Turkiya va G‘arb o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda

Turkiya IIV rahbari AQShning Anqaradagi elchisini turk jamiyatini «qo‘zg‘altirish»ga urinishda ayblab, uni mamlakatdan «iflos qo‘llarni olib tashlash»ga chaqirdi.

Sulaymon Soyluning so‘zlariga ko‘ra, ayrim ittifoqchilar Turkiyani beqarorlashtirishga va o‘tgan yili Istanbulning Istiqlol ko‘chasida sodir etilgan terakt haqidagi ma’lumotlarni yashirishga harakat qilmoqda.

Dushanba kuni AQSh elchixonasi o‘z fuqarolarini Istanbul markazida teraktlar xavfi haqida ogohlantirdi. Shundan so‘ng darhol Shvesiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya va Germaniya Istanbuldagi konsulliklarini vaqtincha yopdi. Turkiya IIV rahbari buni «psixologik urush» deb atadi va Turkiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «bu na do‘stlikka, na ittifoqqa yarashmaydi».

Kiritildi: 17:49 03.02.2023. O'qildi: 2235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!