Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Turkiya o‘z nodir metallari AQShga berilishini rad etdi

Turkiya o‘z nodir metallari AQShga berilishini rad etdi

Turkiya o‘zining nodir yer elementlarini AQShga berishni rejalashtirmagan, aksincha, biz atom energetikasi bo‘yicha shartnoma imzoladik, dedi mamlakat energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayraktar.

"Biz AQShga hech qanday nodir yer elementlarini bermadik. Biz yadro energetikasi bo‘yicha shartnoma imzoladik. Agar nodir yer elementlari haqida gapirilganda, buni oshkor qilgan bo‘lardik. Xavotirga o‘rin yo‘q", - deya ta’kidladi vazir.

Bayraktar, shuningdek, Turkiyada qazib olingan nodir yer elementlari AQShga sotilgani haqidagi da’volarni ham rad etdi.

Biroz oldin Turkiyaning Anqaradagi elchisi Tomas Barak Senat Tashqi aloqalar qo‘mitasida so‘zlagan nutqida Turkiyaning hali to‘liq o‘zlashtirilmagan nodir yer elementlari zaxiralarini “strategik imkoniyat” deb atagan edi.

"Biz Beylikovda 694 million tonna nodir yer elementlarini topdik. Mamlakatimiz bu sohada dunyodagi yetakchi beshlikka kiradi. Biz bu borada faol ishlayapmiz va tajriba zavodini qurish niyatidamiz", - deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Turkiya gazetasi.

Eskishehir viloyatidagi Beylikova tumani 694 million tonna nodir metallar zahiralari aniqlangan. Bu dunyodagi ikkinchi eng yirik zahiralar hisobalanadi. Eng yirik - 800 million tonnaga baholangan zaxiralar esa — Xitoyda.

Kiritildi: 22:42 08.11.2025. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!