Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiya Ukrainadagi mojaroda burilish nuqtasini e’lon qildi

A A A
Turkiya Ukrainadagi mojaroda burilish nuqtasini e’lon qildi

Ukrainadagi mojaro burilish nuqtasiga yaqinlashmoqda, shuning uchun diplomatiya adolatli kelishuvga erishishning yagona yo‘li. Bu fikrni Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bildirdi , deb xabar beradi “TASS” .

“Ukrainada qariyb to‘rt yildan beri davom etayotgan urush endi burilish nuqtasiga yaqinlashayotganini ko‘ryapmiz. Biz ishonamizki, bu holatda diplomatiya adolatli qaror qabul qilishning yagona yo‘li bo‘lib, u ham doimiy bo‘ladi”, — dedi diplomat.

Fidanning ta’kidlashicha, Anqara Ukraina mojarosini tezroq tugatishga erishish uchun “muzokaralar jarayonini jonlantirish”ga qaratilgan tinchlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Kiritildi: 03:04 25.01.2025. O'qildi: 6602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!