Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiya TIV Isroilning E1 hududida mustamlaka qurish rejasini qoraladi

Turkiya TIV Isroilning E1 hududida mustamlaka qurish rejasini qoraladi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning ishg‘ol qilingan G‘arbiy sohildagi E1 hududida yahudiy mustamlakalarini qurish rejasini keskin qoraladi.

Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, mazkur qadam G‘arbiy sohil va Sharqiy Quddusni amalan bir-biridan ajratib qo‘yadi, xalqaro huquq va BMT rezolyusiyalarini buzadi hamda Falastin davlatining hududiy yaxlitligi va ikki davlatli yechim istiqbolini yo‘qqa chiqaradi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, 1967 yilgi chegaralar asosida, Sharqiy Quddus poytaxt etib belgilangan mustaqil va suveren Falastin davlatini barpo etish – mintaqada adolatli va barqaror tinchlikka erishishning yagona yo‘lidir.

«Turkiya falastinliklarning adolatli kurashini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», — deyilgan bayonotda.

Kiritildi: 18:57 15.08.2025. O'qildi: 1627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!