Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston mudofaa sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bitimni imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Reuters vaziyatdan xabardor mintaqaviy manbalariga tayanib.
Hujjatni imzolash juma, 7 avgust kuniga rejalashtirilgan. Agentlik kelishuvning aniq tafsilotlarini keltirmagan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 7 avgust kuni Saudiya Arabistoniga amaliy tashrif bilan borishi haqida xabar berilgan edi. Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif esa uch kunlik rasmiy tashrif bilan payshanba, 6 avgust kuni Saudiya Arabistoniga uchib kelgan. Unga Pokiston Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni feldmarshal Osim Munir hamrohlik qilmoqda.