Turkiya Rossiyani Crocus City Hall'dagi hujumdan keyingi ehtimoliy ikkinchi terakt haqida ogohlantirdi. Bu haqda Hurriyet xabar berdi.
Nashrning yozishicha, “Viloyat Xuroson” terror guruhi bilan aloqador bir guruh jangarilar odamlar gavjum vaqtda savdo markaziga hujum uyushtirishni rejalashtirgan bo‘lgan.
Turkiya maxsus xizmatlari uzoq vaqt davomida “Viloyat Xuroson” terror guruhining mahalliy bo‘linmasi faoliyatini kuzatgan. Kuzatuvlar natijasida maxsus xizmatlar bir qator shaxslarni aniqlab, so‘roqqa tutgan va Rossiyada terakt sodir etilishi rejasini fosh etgan.