Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiya "Qur’on"ni yoqishga ruxsat bergan Shvesiyani jiddiy ogohlantirdi

Turkiya "Qur’on"ni yoqishga ruxsat bergan Shvesiyani jiddiy ogohlantirdi

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar Shvesiya mudofaa vaziri Pol Yonssonning 27 yanvarga mo‘ljallangan Turkiyaga tashrifini «ma’nosiz» deb atadi.

Germaniyadagi Ramshteyn aviabazasida «Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhi» (23 davlat vazirlari ishtirokida) yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan suhbatda turk vaziri tarafdorlarining Turkiyaga qarshi davom etayotgan harakatlariga, xususan, Shvesiyada "Qur’on" kitobining yoqilishiga ruxsat berilganiga e’tibor qaratdi. «Hozirgi vaziyatda Anqara Shvesiya vazirining tashrifini bekor qilishga qaror qildi», dedi Akar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya bu kabi jinoiy harakatlarga e’tibor bermay, Shvesiya rasmiylarining pozisiyasini nomaqbul deb biladi. «Biz Stokgolmdan bu yo‘nalishda chora-tadbirlar va aniq qadamlar qo‘yishini kutamiz», — dedi Turkiya vaziri.

Kiritildi: 19:50 21.01.2023. O'qildi: 5277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!