Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiya qirg‘oqlarida "Gitlerning yo‘qolgan floti" topildi (video)

Turkiya qirg‘oqlarida "Gitlerning yo‘qolgan floti" topildi (video)

U-23, U-19 va U-20 dengiz osti kemalarini 1944 yilda turk qirg‘oqlarida suv bosgan va shu kungacha ular topilmagandi.

Turkiyadagi dengiz muhandisi Selchuk Kolay Qora dengiz tubida Ikkinchi jahon urushi davriga oid uchta nemis dengiz osti kemasini topdi.

Ta’kidlash kerakki, uzoq vaqt davomida mutaxassislar Gitlerning yo‘qolgan floti deb atalgan kemalarni topa olmagandilar. Kemani qidirish to‘g‘risida hujjatli filmni tayyorlagan Kolay, dengiz osti kemalaridan birining ekipaji qirg‘oqqa tushgan joyni aniqlagan xaritani topdi.

Muhandis xaritaga qarab kemalarni izlay boshladi, keyinchalik Turk dengiz kuchlari unga qo‘shildi. To‘rt yillik izlanishlar natijasida Turkiyaning Agva shahri yaqinida U-23 topildi. U-19 va U-20 esa Istanbul qirg‘oqlarida topildi.

Kiritildi: 13:52 02.02.2019. O'qildi: 2846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!