Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiya prezidenti «Global musulmon shaxsiyatlari» mukofoti bilan taqdirlandi

Turkiya prezidenti  «Global musulmon shaxsiyatlari» mukofoti bilan taqdirlandi

Ma’lum bo‘lishicha, bu bo‘yicha gazeta muharriri Rashid Abubakar ijtimoiy tarmoqlarda xabar bergan. U mukofotni topshirish marosimi 18 centyabrda Lagosda bo‘lib o‘tishini e’lon qilgan. Abubakarning ta’kidlashicha, Erdo‘g‘on Turkiyaning milliy qudrati va iqtisodiyotini kuchaytirgan.

«Prezident Erdo‘g‘on insonparvarlik maqsadlarini ilgari suradi va dunyo sahnasida musulmonlarning huquqlarini himoya qiladi», — deb yozgan u. Nashr muharriri, shuningdek, gazeta koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan turkiyalik olim Ugur Shohin va uning rafiqasi Ozlem Turedjiga «Sog‘liqni saqlash sohasida musulmon mutaxassilari» mukofotini topshirish niyatida ekanini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Turkiyalik futbolchi Mesut O‘zil ham «Dunyoga mashhur musulmon» mukofoti bilan taqdirlanishi qayd etilgan. Bu mukofot 2018 yildan buyon topshiriladi. Erdo‘g‘on bu mukofotni avval ham uch marta qo‘lga kiritgan.

https://www.aa.com.tr/ru/%D0%BC%D0%B8%D1%80/%D1%8D%D1%80%D0%B4%D0%BE%D0%B3%D0%B0%D0%BD-%D1%83%D0%B4%D0%BE%D1%81%D1%82%D0%BE%D0%B5%D0%BD-%D0%BF%D1%80%D0%B5%D0%BC%D0%B8%D0%B8-%D0%B2%D1%81%D0%B5%D0%BC%D0%B8%D1%80%D0%BD%D0%B0%D1%8F-%D0%BC%D1%83%D1%81%D1%83%D0%BB%D1%8C%D0%BC%D0%B0%D0%BD%D1%81%D0%BA%D0%B0%D1%8F-%D0%BB%D0%B8%D1%87%D0%BD%D0%BE%D1%81%D1%82%D1%8C-/2361381

Kiritildi: 19:09 11.09.2021. O'qildi: 2484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!