Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiya koronavirus tufayli Eron bilan chegaralarini yopdi

Turkiya koronavirus tufayli Eron bilan chegaralarini yopdi

Turkiya  Eron bilan chegarani ehtiyot chorasi sifatida yopishga qaror qildi. Qaror Eronda koronavirus yuqishining 43 ta holati qayd etilgandan so‘ng qabul qilingan. Bu haqda Turkiyaning Daily Sabah nashri xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, turk-eron chegarasidagi Kapiko‘y va Esendera nazorat-o‘tkazish punklari yopilgan.  Ushbu choralar Turkiya sharqidagi Van viloyatiga Navro‘z ayyomi arafasida Erondan kelayotgan sayyohlar ko‘payishi sabab qabul qilingan.

Eronda koronavirus tarqalishi sabab mamlakatning qator hududlarida ta’lim muassasalari yopilgan hamda madaniyat tadbirlari bekor qilingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus yuqtirishning 43 ta holati qayd etilgan. Undan vafot etganlar 8 kishini tashkil etadi.

Avvalroq Iroq, Pokiston, Turkmaniston ham Eron bilan chegaralarni yopishgan edi.

 

 

 

Kiritildi: 19:08 23.02.2020. O'qildi: 1988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!