Turkiya janubi-sharqidagi Batman viloyatida 29 dekabr, chorshanba kuni Eren Kış aksilterror operasiyasining 14-bosqichi boshlandi, deb xabar bermoqda mamlakat IIV.
Xabarda aytilishicha, Turkiyada terrorizmni butunlay yo‘q qilish maqsadida viloyatlar aholisi ko‘magida olib borilayotgan Eren Kış amaliyotlari muvaffaqiyatli davom etmoqda. Ushbu tashabbuslar doirasida Batman viloyatidagi mintaqaviy jandarmeriya boshqarmasi rahbarligida operasiyaning 14-bosqichi boshlandi. Maqsad Turkiyaning bu qismida terror tahdidini bartaraf etishdir.
Operasiya 44 ta tezkor guruhdan iborat 620 maxsus kuch va jandarmeriya maxsus kuchlari ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Nizomjon Islomov tayyorladi.