Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Turkiya Isroilning BMTdagi a’zoligini to‘xtatishni talab qildi

Turkiya Isroilning BMTdagi a’zoligini to‘xtatishni talab qildi

Turkiya parlamenti raisi Numan Kurtulmush Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida Isroil a’zoligini vaqtincha to‘xtatib turish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

U ushbu bayonotni Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasining Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan ochilish majlisida bildirgan.

Numan Kurtulmushning ta’kidlashicha, Isroilning falastinliklarga nisbatan yuritayotgan siyosati xalqaro huquq tamoyillariga zid bo‘lib, bu holat mamlakatning xalqaro tashkilotlardagi maqomini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi.

U, shuningdek, tarixiy tajribaga murojaat qilib, aparteid siyosati sababli Janubiy Afrikaning BMTdagi a’zoligi vaqtincha to‘xtatilganini eslatdi hamda shunga o‘xshash choralar Isroilga nisbatan ham qo‘llanishi mumkinligini qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 14:02. O'qildi: 301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!