Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiya Yevropa Ittifoqiga a’zolik maqsadidan voz kechmoqchi

Turkiya Yevropa Ittifoqiga a’zolik maqsadidan voz kechmoqchi

Bu haqda turkiyalik tahlilchi Engin O‘zer RIA Novosti bilan suhbatda ma’lum qildi.

“Ma’muriyat... Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda to‘liq a’zolik maqsadidan voz kechib, «imtiyozli sheriklik» modeliga o‘tishni rejalashtirmoqda”, - deya ta’kidladi u.
O‘zerning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Turkiyaning BRIKSga a’zoligini va YEI Bojxona ittifoqini birlashtira oladigan «o‘ziga xos ko‘prik mamlakat» yaratishga intilmoqda.

Evropa Ittifoqi Turkiyaning BRIKSga qo‘shilish niyatini yuqori baholadi

Bungacha Turkiya ona yurt partiyasi raisi o‘rinbosari Xoqon Topkurulu Turkiya parlamentining mamlakatning BRIKSga kirishini ma’qullashi oson jarayon bo‘lmasligini, chunki hukumat tarkibida g‘arbparast siyosatchilar ko‘pligini aytdi.

U parlamentda «shunchalik ko‘p g‘arbliklar» bo‘lsa ham, Anqara tomonidan BRIKSga qo‘shilish uchun ariza berishni juda muhim fakt va «buyuk siyosiy jasorat» deb atadi.

Kiritildi: 09:48 01.10.2024. O'qildi: 1130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!