Turkiyada Prezident Rajab Toyyib Erdog‘onga berilgan uchta sher bolasiga ism qo‘yish uchun xalq ovoziga murojaat qilindi.
TRT Haber telekanali xabariga ko‘ra, ushbu sher bolalari Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Bashir tomonidan 2018 yili Turkiya rahbariga sovg‘a qilingan Sulton va Nil ismli sherlar juftligidan tug‘ilgan.
Hozirda bir yarim oylik bo‘lgan sher bolalari G‘oziantep tabiat bog‘ida parvarish qilinmoqda. Tabiat bog‘ining yangi a’zolariga qanday ism qo‘yilishi ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilayotgan so‘rovlar orqali aniqlanadi.
Hukumat va bog‘ ma’muriyati Turkiya fuqarolarini ushbu jarayonda faol ishtirok etishga chorlamoqda.