Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Turk samolyotlari Isroilni himoya qilayotgani rad etildi

Turk samolyotlari Isroilni himoya qilayotgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda turk samolyotlari Isroilni himoya qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Turkiyaning Yolg‘on axborotlarga qarshi kurashish departamenti bunday ayblovlar haqiqatdan yiroqligini ta’kidlamoqda.

«Turkiya Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlik tarafdori. Turk Qurolli Kuchlari esa tinchlik va xavfsizlikning kafolatidir.

Milliy Mudofaa vazirligimiz barcha tarkibiy qismlari bilan havo hududimiz huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatini qat’iyat bilan davom ettirmoqda», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Shuningdek, Turkiya Isroilning Yaqin Sharqdagi tinchlik va barqarorlikni xavf ostiga qo‘yadigan har qanday harakatlariga qarshi ekani va hech qanday dushmanona harakatni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan.

Kiritildi: 16:09 18.06.2025. O'qildi: 1284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!