Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turk kinosi yulduzi Hande Erchel so‘nggi olti oyda qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

Turk kinosi yulduzi Hande Erchel so‘nggi olti oyda qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

Har kuni zamonaviy va go‘zal ayol imijini saqlab qolish uchun mashhurlar kasbiy faoliyati davomida kundalik hayotini butunlay o‘zgartirishi, doimiy ta’lim olishi, salomatlik va tashqi ko‘rinish masalasida mukammal bo‘lishga harakat qilishi, o‘zining xulq-atvor va odatlariga e’tiborli bo‘lishi hamda turmush tarzini kino karyerasiga moslashtirishi lozim.

Hande Erchel bo‘lish osonmi?

Barcha uchun sevimli va jozibali aktrisa bo‘lish oson emas, bu kasb xuddi omon qolish o‘yiniga o‘xshaydi: ekrandagi qahramonni sevadigan jamiyat bir lahzada uning zaif tomonlari va xatolari sababli yulduzdan butunlay yuz o‘girishi mumkin, chunki mashhurlarning xato qilishi doim o‘ta keskin va salbiy qabul qilinadi, ularga xato qilish huquqi berilmaydi. Aktrisalar ular haqidagi internetdagi mayda g‘iybatlar, turli muhokamalarni eshitib, doimiy stressda yashashga majbur.

Millionlab insonlar orzu qilgan yuqori daromad va dabdabali turmush tarzi nafaqat moliyaviy mustaqillik va keng imkoniyatlarni, balki hasad, tuhmat, tuzoq, to‘siqlar, yangi shartnomalar uchun cheksiz poyga va ba’zan shafqatsiz sinovlarni ham anglatadi.

Turk kino yulduzi Hande Erchelga qarab bunday mashhurlik va ulkan davlatga aktrisa juda osonlik bilan erishgandek tuyuladi. U nafaqat turk kino sanoatida, balki butun dunyodagi eng go‘zal va nafosatli aktrisalardan biri. U “Quzg‘un”, “Chuqur”, “Ijaradagi sevgi”, “Qalbim eshigini qoq”, “Gunesh qizlari” va yana ko‘plab loyihalar orqali tanilgan.

Hande badavlat oilada tug‘ilgan. Ota-onasidan erta ajralgan va unga katta meros qolgan. Aktrisalik va modellik faoliyati unga yaxshi daromad olib kelgan. Hozirda aktrisa 249 million turk lirali (8 million dollar) aktivga ega.

So‘nggi yarim yil ichida taniqli aktrisa reklama shartnomalari va teleseriallarda suratga tushish uchun olgan gonorarlari hisobiga rekord darajadagi boylik orttirdi.

Müge Dagestani tahliliy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Hande Erchel cho‘milish kiyimlar reklamasidan 300 ming dollar, Pomellato zargarlik buyumlari do‘koni reklamasidan 600 ming dollar va kosmetika reklamasidan 200 ming dollardan ortiq daromad olgan.

Shuningdek, aktrisa ishtirok etgan har bir festival va tadbirdan 100 mingdan 150 ming dollargacha haq olgan. Bunday katta miqdordagi qo‘shimcha daromad Hande Erchelning turk kino olamidagi eng nufuzli va izlanuvchan aktrisalardan biri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bunday ajoyib muvaffaqiyatning siri nafaqat uning tabiiy go‘zalligida, balki katta mehnatda hamdir.

Kiritildi: 15:43 08.07.2024. O'qildi: 1562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!