Turin sudi "Yuventus" egasi Jon Elkanning deyarli 75 mln. yevrolik mulkini tortib olishga qaror chiqardi.
Gap moliyaviy aktivlar, ko‘char va ko‘chmas mulk haqida bormoqda. Elkanning ukasi Lapo, singlisi Jinevra va klub prezidenti Janluka Ferrero ham "soliq firibgarligi" va "firibgarlik orqali davlatga zarar keltirish" ayblovlari bilan tergov qilinmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Elkanlar 2019 yilda buvisi Marella Karachchiolo vafotidan so‘ng mulklarni meros qilib olishgan. Ushbu ayol Fiat va "Yuventus" sobiq egasi Janni Anyellining ayoli bo‘lgan.
Elkanlar advokatlarining so‘zlariga ko‘ra, mulkni musodara qilish - himoyadagilarni aybdorligini anglatmaydigan standart jarayon.