To‘qayev jamoat binolari devorlariga graffiti chizishni vandalizm va bezorilik ko‘rinishi deb atadi. Prezident Ostona shahri akimi Jenis Qosimbekka bunday tasvirlarni chizadiganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishni topshirdi.
«Qozog‘iston shaharlarida bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Dunyo bo‘ylab munisipal hududlarni xunuklashtirayotgan bunday “ijod”ni to‘liq taqiqlash uchun qonuniy va me’yoriy choralar ko‘rish kerak», — dedi To‘qayev respublika miqyosidagi «Taza Qazaqstan» ekologik aksiyasi davomida.
Aksiya doirasida prezident Prezident bog‘ida daraxt ekishda ishtirok etdi va davlat idoralari rahbarlarining hisobotlarini tingladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan beri Qozog‘istonda 7 million kishi ishtirokida 600 dan ortiq ekologik tadbir o‘tkazilgan. Shu davrda 130 ming gektardan ortiq hudud tozalangan va 1,3 million daraxt ekilgan.