Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"To‘palang" suv omboridan suv toshdi. Vazirlik xavotirga o‘rin yo‘q demoqda

"To‘palang" suv omboridan suv toshdi. Vazirlik xavotirga o‘rin yo‘q demoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda "To‘palang" suv omboridan suv chiqayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, bugun, 22 iyun kuni soat 08:14larda "To‘palang" suv omboridan chiqayotgan suv keskin ko‘tarilgan.

"To‘palang" GES suv ombori loyihasi quvvati 400 mln.m.kub, amalda 378,87 mln. m.kubdir. Suv tashlamasi rejaviy 70 m.kub.sek. 2022-yil 22-iyun kuni hozirgi vaqtda 110 m.kub sek.ni tashkil etmoqda.

Suv omborining mustahkamligiga ziyon yetmagan, ayni vaqtda chiqarilayotgan suv hajmini kamaytirish ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:52 22.06.2022. O'qildi: 5271 marta. Fikrlar soni: 10 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!