Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Tungi reydda 700 mln. so‘m qarzi bo‘lgan qidiruvdagi korxonaning avtomashinasi ushlandi

Tungi reydda 700 mln. so‘m qarzi bo‘lgan qidiruvdagi korxonaning avtomashinasi ushlandi

Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor "G‘.M.S." korxonasidan undiruvchi "A.T.M" korxonasi hamda boshqa undiruvchilar foydasiga jami 701 mln. 377 ming so‘m qarz undirish haqidagi ijro ishi Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud. Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgandan qarzdor korxonaga bir necha undiruvchi yuridik shaxslar foydasiga jami 700,3 mln. so‘m miqdoridagi qarz summalarini ixtiyoriy qoplashi uchun qonun talabi asosida muddat berilgan.

Biroq, qarzdor ixtiyoriy muddatda ham qarzdorlikni to‘lamaganidan so‘ng, unga nisbatan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi SH.Abdukarimovning 08.03.2024 yildagi qarorga ko‘ra, korxonaga tegishli bo‘lgan "Nexia 3" rusumli transport vositasiga band solinib, qidiruv e’lon qilingan edi.

Qidiruvdagi mazkur transport vositasi ayni kunlarda Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tungi reyd tadbirlari davomida, poytaxt ko‘chalarida harakatlanayotgan paytida ushlanib, keyingi ijro harakatlarini olib borish uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Kiritildi: 23:50 06.07.2024. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!