Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Tungi klubdagi fojialar davom etadi: bu safar uch nafar qiz halok bo‘ldi

Tungi klubdagi fojialar davom etadi: bu safar uch nafar qiz halok bo‘ldi

Bugun, 8 dekabr kuni kechasi Italiyaning Korinaldo shahrida tungi klubdagi tiqilinchda besh nafar voya yetmagan – uch nafar qiz va ikki nafar o‘g‘il bola, shuningdek, bir ayol halok bo‘lgan.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan ayol o‘z qizini klubdagi konsertga olib ketayotgan bo‘lgan. Polisiya tiqilinchi vaqtida 35 kishi jabrlanganini, ulardan 12 nafarining ahvoli og‘ir ekanini ta’kidlagan.
 
Ushbu mudhish voqea yuz bergan tungi klubda reper Sfera Ebbasta konsert berayotgan bo‘lgan. Favqulodda vaziyat vaqtida klubda mingga yaqin odam bo‘lgan. Odamlar orasida vahima bino ichiga gaz ballonlari tashlangandan keyin boshlangan. 

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 14:03 08.12.2018. O'qildi: 4852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!