Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tug‘ilgan kunni nishonlab bo‘lmaydimi?

Tug‘ilgan kunni nishonlab bo‘lmaydimi?

Savol:

Assalomu alaykumMen tug‘ilgan kunlar xaqida saytingizda javoblarni o‘qib chiqdimU erda «Tug‘ilgan kunni dinga aloqasi yo‘qtug‘ilgan kun bilan tabriklasangiz xarom ish qilgan bo‘lmaysiz va tug‘ilgan   kunni g‘ayridinlarga o‘xshatib nishonlash noto‘g‘ri» deb yozilganligini o‘qidimAlloh bizni yaratganiga behisob shukrlar bo‘lsin. Bizning tug‘ilishimz - Allohning bizga bo‘lgan Mehribonligi va Rahm-shafqatliligidir, u kunni nishonlasak qanday xato qilgan bo‘lamiz? (Albatta, odob doirasida va g‘ayridinlarga o‘xshamasdan nishonlashni nazarda tutgan edim.) Tug‘ilgan kunni nishonlashning Islomdagi hukmi qanday? 

Javob:

– Va alaykum assalom! Aqlni ishlatib qaralsa, inson bir yil umrining o‘tishi bayram qilishga emas, balki aza tutishga loyiq. Parda ortida bu bir yilning ichida nima borligini ko‘rganingizda edi, o‘tgan kunlaringizga aza ochgan bo‘lardingiz. Avvalda o‘tgan ota-onalarimiz shunday qilishar edi. Odamlar o‘lganda yig‘lashni, aza tutishni o‘ylashadi. Aslida, 60ga kiradigan inson 40-50ga kirsa, o‘sha insonning 40-50gi o‘lgan hisoblanadi. Eng ajablanarlisi shuki, odamlar tug‘ilgan kunini nega nishonlayotganini haqiqatini bilishmaydi. Kimlardir nishonlashayapti bizlar ham nishonlashimiz kerak deb taqlid qilishadi.

Vallohu a’lam!

 «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati

Manba: islom.uz

Kiritildi: 06:00 23.09.2020. O'qildi: 6501 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!