Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Treyderlar AQSh dollari kursi pasayishini kutmoqda — Bloomberg

 Treyderlar AQSh dollari kursi pasayishini kutmoqda — Bloomberg

Moliyaviy bozorlarda ishtirok etayotgan treyderlar AQSh dollarining qadrsizlanishiga rekord darajada stavkalar qo‘ymoqda, deya xabar beradi aventlik.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, dollar kursining pasayishidan foyda keltiradigan moliyaviy vositalarga bo‘lgan talab tarixiy darajaga yetgan. Investorlar nafaqat yaqin istiqbolda, balki uzoq muddatda ham dollar kelajagiga nisbatan juda pessimistik kayfiyatda.

Mutaxassislar Qo‘shma Shtatlar orezidenti Donald Tramp o‘tgan yilning aprelida savdo bojlari joriy etganidan beri dollar eng keskin pasayishni boshdan kechirayotganini ta’kidlab, uning so‘nggi to‘rt yildagi eng quyi darajaga tushib ketishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Danske Bank katta tahlilchisi Yesper Fyarstedtning aytishicha, AQShning oldindan aytib bo‘lmaydigan siyosati dollar pozisiyalariga salbiy bosim ko‘rsatmoqda.

Corpay kompaniyasining bozor strategiyasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Karl Shamotta esa AQShning proteksionizmga yuz tutishi va xavfsizlik sohasidagi majburiyatlarini qisqartirishi boshqa davlatlarni mudofaa xarajatlarini oshirishga majbur qilayotganini qayd etgan. Bu holat ilgari dollar foydasiga ishlagan iqtisodiy o‘sish va foiz stavkalari farqini kamaytirmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddati davomida AQSh dollari qiymati qariyb 3 foizga tushgan. Trampning o‘zi esa zaif dollar AQSh eksportini oshirishga xizmat qilishini bir necha bor ta’kidlagan.

Kiritildi: Bugun 13:17. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!