Ozarbayjonning “Trend az” axborot agentligi O‘zbekistoning xalqaro hayotiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston Prezidenti Tojikistonning yirik davlat arboblarini taqdirladi”, “O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikda gaz ballonlar ishlab chiqarmoqda”, “O‘zbekiston yil yakuniga qadar 5 ta hududiy investisiya loyihalarini amalga oshirmoqchi”, “O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yo‘lida muhim masalalarni hal etdi” kabi maqolalarni e’lon qildi.
Maqolalarda O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan hamkorligi, yirik miqdordagi investisiyalar asosida mamlakatda salmoqli biznes loyihalar amalga oshirilayotgani, bunday loyihalarni tatbiq etish uchun yaratilgan imkoniyatlardan investitorlar mamnun bo‘layotgani qayd etilgan.
Shuningdek, Prezidentimizning chet el davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilash yo‘lidagi tashabbuslari mamlakat rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani e’tirof etilgan. Xususan, Tojikiston rahbari Emomali Raxmonning O‘zbekistonga tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasida 27 ta, Qozog‘iston deligasiyasining O‘zbekistonga tashrif doirasida ko‘plab sohalarda xamkorlik kelishuvlari imzolangani aytib o‘tilgan.
Manba: uza.uz