Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Trampning xotini sharmanda bo‘ldi (video)

A A A
Trampning xotini sharmanda bo‘ldi (video)

AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp Amerika poytaxtida Jorj Vashington haykalining ochilish marosimi vaqtida noqulay vaziyatga tushdi. Tegishli videoyozuv Washington Examinerning Twitterdagi sahifasida e’lon qilingan.

Kadrlarda ko‘rinib turibdiki, prezidentning rafiqasi ulkan qaychilardan foydalanib, bayramona tasmani qirqishni eplay olmagan. Shu bois, u hijolat bo‘lib, yonida turgan erkakka ulkan qaychini kesilmagan lenta bilan birga topshirishga majbur bo‘ladi.

Tantanali marosimda shahar maktabida tahsil oluvchi o‘quvchilar va amaldorlar ishtirok etishgan.

​Vashington monumenti - marmardan yasalgan uzunligi 169 metrli obeliskdir. U uch yillik ta’mirdan so‘ng ochildi.

Kiritildi: 14:23 21.09.2019. O'qildi: 10623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!