Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Trampning Ukrainaga «Tomahawk» raketalarini berish niyati yo‘q

Trampning Ukrainaga «Tomahawk» raketalarini berish niyati yo‘q

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga «Tomahawk» raketalarini yetkazib berish imkoniyatini «aslida ko‘rib chiqmayotganini» bildirdi.

Bu haqda Tramp jurnalistlar savollariga bergan javobida ma’lum qilgan.

«Mening bu boradagi pozisiyam o‘zgarishi mumkin, lekin hozircha – yo‘q», – degan u.

Tramp ilk bor Ukrainaga «Tomahawk» raketalarini berish ehtimoli haqida oktyabr oyi boshida gapirgan edi. Kutilganidek, u bu haqda 17 oktyabrda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lgan uchrashuvda rasman e’lon qilmadi. O‘shanda Tramp bu raketalar «avvalo AQShning o‘ziga kerak»ligini aytgan.

CNN telekanali 31 oktyabrda manbalariga tayanib xabar berishicha, Pentagon AQShda yetarlicha «Tomahawk» zaxirasi borligini, va ularni Ukrainaga berish mamlakatning o‘z mudofaa salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qilgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bu xulosa Tramp bilan Zelenskiy uchrashuvidan avvalroq ma’lum bo‘lgan.

Shu tariqa Pentagon Ukrainaga uzoq masofali «Tomahawk» raketalarini yuborishni ma’qullagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Trampdan «Tomahawk» raketalarini berishni so‘rab kelmoqda – bu Putinga jiddiy zarba bo‘lishi mumkin.

Ushbu raketalarning parvozi 1 500 mildan (2400 km) ortiq bo‘lib, ular orqali Ukraina Rossiya hududidagi muhim harbiy, logistik va energetik ob’ektlarni nishonga olishi mumkin. Bu Rossiyaning bosqinni davom ettirish imkoniyatlarini jiddiy cheklashi ehtimoldan xoli emas.

AQShning hozirda mingdan ortiq shunday raketalarga ega ekanligi aytiladi.

Kiritildi: Bugun 13:53. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!