Amerika Qo‘shma Shtatlari birinchi xonimi Melaniya Tramp Qo‘shma Shtatlar maxfiy xizmatiga aktyor Piter Fondani jinoiy javobgarlikka tortishlarini so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda “The Daily Saller” xabar bermoqda.
Birinchi xonimning advokati Stefani Greshamning aytishicha, aktyor Donald Trampning kenja o‘g‘li — 12 yashar Berron Trampni onasidan o‘g‘irlab, bolalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy to‘dalarga berish kerakligini o‘zining “Tvitter”dagi sahifasida baralla ta’kidlagan.