Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Trampning sobiq mehmonxonasi portlatildi

Trampning sobiq mehmonxonasi portlatildi

Nyu-Jersi shtatining Atlantik-Siti shahrida AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga tegishli bo‘lgan 39 qavatli kazino va Trump Plaza mehmonxonasi portlatildi. Portlash videosi mahalliy nj.com portalining YouTube'kanaliga joylashtirildi.

Kartinki po zaprosu "trump plaza"

Kartinki po zaprosu "trump plaza"

Shaharning ko‘plab aholisi mashhur binoning buzilishini ko‘rish uchun kelgani aytilmoqda.

Portalning ta’kidlashicha, muassasa 1984 yil may oyida ochilgan va shahardagi o‘ninchi kazinoga aylangan, ammo u 2014 yilda yopilgan. Muassasa yopilishi sababli minglab odamlar ishsiz qolgan edi. Kazino 2016 yilda faoliyatini butunlay to‘xtatgandan so‘ng, unga egalik Trump Entertainment Resorts'dan Icahn Enterprises'ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 10:40 19.02.2021. O'qildi: 1800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!