Bugun 4 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Trampning reytingi nega pasaymoqda?

Trampning reytingi nega pasaymoqda?

Trampning ikkinchi prezidentlik muddatida jamoatchilik tomonidan ma’qullanish darajasi 37 foizgacha tushgan. Bu nima bilan bog‘liq?

Mustaqil SSRS kompaniyasi tomonidan CNN uchun o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etganlarning 37 foizi Trampning faoliyatini ma’qullagan, 63 foizi esa salbiy fikr bildirgan.

Avvalgi so‘rovlarda bu ko‘rsatkich 42 foizni tashkil etgan bo‘lib, so‘nggi oylarda prezident reytingi sezilarli darajada pasaygani kuzatilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Trampga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash ayniqsa yoshlar, keksalar va kam ta’minlangan aholi guruhlari orasida pasaygan.

Trampning hozirgi reytingi eng past ko‘rsatkichlardan biri — 34 foizga yaqin bo‘lib, bu 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliy binosiga hujum sodir bo‘lgan paytdagi darajaga teng.

So‘rov natijalariga ko‘ra, aprel oyida Trampni ma’qullash 41 foiz, mart oyida — 45 foiz, fevral oyi o‘rtalarida esa — 47 foizni tashkil etgan.

Kiritildi: Bugun 13:14. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!