The Washington Post nashrining ABC va Ipsos tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga tayanib xabar berishicha, amerikaliklarning 33 foizigina Donald Trampning siyosatini qo‘llab-quvvatlamoqda.
"Trampning reytingi iyul oyidan beri 4 foizga, o‘tgan yilning oktyabr oyiga solishtirganda esa 8 foizga pasaygan. AQSh Kongressiga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarga ikki hafta qolgan bir paytda, tobora ko‘proq amerikaliklar Demokratik partiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirmoqda", deyiladi xabarda.