Gazetaning yozishicha, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytgach, uning oilaviy buznesi foyda ko‘ra boshladi. So‘nggi bir oy ichida Tramp kompaniyalariga kamida 2 milliard dollar daromad topgan.
"Xususan, $TRUMP kriptovalyutasining ishga tushirilishi kamida 174 million dollar daromad keltirgan. Bundan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklari Tramp oilasining yangi kripto-loyihasi – Wold Liberty Financial kompaniyasiga investision firma orqali 2 milliard dollar sarmoya kiritgan. Mazkur kompaniya Erik Tramp va kichik Donald Tramp boshchiligida yiliga o‘nlab million dollar foyda olishi kutilmoqda.
Shuningdek, Qatar Trump brendi ostida mamlakatda bunyod etilayotgan 5,5 milliard dollarlik plyajli golf majmuasi va villalar loyihasini moliyalashtirishga yordam bergan. Tramplar oilasi bu loyihadan lisenzion to‘lovlar va boshqaruv xizmatlari evaziga millionlab dollar ishlab oladi.
NYT'ga ko‘ra, Saudiya Arabistonidagi bir ko‘chmas mulk kompaniyasi esa Trump International Hotel and Tower mehmonxonasi uchun 1 milliard dollar sarmoya kiritgan. Xuddi shu kompaniya Tramp brendi ostida Saudiya Arabistoni va Ummonda yangi mehmonxonalar, golf maydonlari va hashamatli minoralar qurishni rejalashtirmoqda. Bularning barchasi Tramp nomidan foydalanishga asoslangan brend bitimlari bo‘lib, ularga yana millionlab dollar daromad keltiradi.