Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Trampning maxsus vakillari Moskvaga tashrifini qoldirdi

Trampning maxsus vakillari Moskvaga tashrifini qoldirdi

AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning Moskvaga rejalashtirilgan tashrifi kechiktirildi. Bu haqda Axios xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tashrif Ukraina va Yevropa davlatlarining Rossiya prezidenti Vladimir Putinga taqdim etilishi rejalashtirilgan yangi taklifga munosabati aniqlashguncha qoldirilgan.

10 oktyabr kuni Axios Uitkoff va Kushner shu oy oxirida Moskvaga borishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. O‘sha kuni TASS ham ularning tashrifi yaqin ikki hafta ichida amalga oshirilishi kutilganini yozgan.

Kiritildi: 14:19 12.10.2026. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!