Rossiya-Ukraina tinchlik jarayoni bo‘yicha AQSh muzokarachilari Stiv Uitkoff va Jared Kushner yaqinda yana Moskvaga tashrif buyurishadi.
Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiya va AQSh yetakchilari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, tashrif Ukraina kun tartibi bo‘yicha davom etayotgan aloqalar doirasida kelishib olingan.
"Hozirda Eron ishlari bilan yaqindan shug‘ullanayotgan AQSh prezidentining maxsus elchilari Stiv Uitkoff va Jared Kushner tez orada Rossiyaga qaytishlari haqida kelishib olindi", deb ta’kidladi Ushakov.