Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Trampning fikricha, Si Szinpin Putinga ta’sir o‘tkazishga qodir

Trampning fikricha, Si Szinpin Putinga ta’sir o‘tkazishga qodir

AQSh prezidenti Donald Trampning ta’kidlashicha, Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni tugatishda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga katta ta’sir ko‘rsata oladi.

Oval kabinetda jurnalistlar savollariga javob bergan Tramp shunday dedi:

“Menimcha, u (Si) Putinga ta’sir o‘tkazishi mumkin. U juda katta davlatning kuchli rahbari”, — dedi u.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u kelasi hafta Osiyoga tashrifi chog‘‘ida Janubiy Koreyada Xitoy rahbari bilan uchrashib, keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladi.

“Biz, albatta, Rossiya va Ukraina haqida gaplashamiz”, — deb qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq, 16 oktyabr kuni Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Putin bilan Vengriya poytaxti Budapeshtda Ukrainadagi mojaroni muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazish haqida kelishuvga erishganini ma’lum qilgan edi.

Biroq bir kun oldin AQSh prezidenti Rossiya rahbari bilan uchrashuv bekor qilinganini aytdi.

“Prezident Putin bilan uchrashuvni bekor qildim, chunki bu hozir to‘g‘ri emas deb o‘yladim. Biz xohlagan natijaga erisha olmasdik. Ammo kelajakda shunday uchrashuv bo‘ladi, deb o‘ylayman”, — dedi Tramp.

Kiritildi: 14:43 23.10.2025. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!