Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Trampning fikricha, butun dunyo uning saylovda g‘alaba qozonishini xohlaydi

A A A
Trampning fikricha, butun dunyo uning saylovda g‘alaba qozonishini xohlaydi

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Yevropa va butun dunyo uning prezidentlik saylovidagi g‘alabasiga tayyor, deb hisoblaydi . Bu haqda u Michigan shtatining Flint shahrida chiqishi chog‘ida o‘z tarafdorlari oldida ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti» .

Siyosatchi uning g‘alabasi dunyoni larzaga keltirmasligini ta’kidladi.

«Menimcha, dunyo, Yevropa bunga tayyor. Ular hatto men bilan iqtisodiy masalalarda shug‘ullanmaslikni ma’qul ko‘rsalar ham, shunday bo‘lishini xohlashadi», — deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, ular uni Qo‘shma Shtatlar prezidenti sifatida ko‘rmoqchi, chunki dunyo «portlash yoqasida va men bilan u portlamaydi».

Bu respublikachi nomzodning 15 sentyabrdagi suiqasddan keyin saylovchilar oldiga birinchi chiqishidir. Siyosatchi u haqida gapirar ekan, prezident bo‘lish har doim ma’lum darajada xavfli ekanligini, ammo bu uni qo‘rqitmasligini aytdi.

Kiritildi: 07:18 18.09.2024. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!