AQSh prezidenti Donald Trampning Eron haqidagi bayonotidan so‘ng neft narxlari o‘sish ko‘rsatdi. Brent markali neft narxi 1 foizga ko‘tarildi.
Londonning ICE birjasida aprel fyucherslari bir barrel uchun 68,19 dollarga yetdi. WTI neftining mart fyucherslari esa 62,71 dollarga baholandi.
Shuningdek, AQShda neft zaxiralari qisqargani haqidagi ma’lumotlar ham narxlar o‘sishiga ta’sir qildi. API hisobotiga ko‘ra, 23 yanvar bilan yakunlangan haftada neft zaxiralari 0,25 mln barrelga kamaygan.
Rasmiy statistika AQSh Energetika vazirligi tomonidan keyinroq e’lon qilinadi.