AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida ikki kishi koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Ulardan biri Trampning shtabi rahbari — Bill Stepen.
Gazetaning yozishicha, 42 yoshli Stepenga 2 oktyabr, juma kuni koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u "grippning yengil alomatlarini" boshdan kechirmoqda. U karantin muddati o‘tguncha uyda ishlashni niyat qilgan.
Shuningdek, COVID-19 Trampning sobiq maslahatchisi Kellienn Konueyda aniqlandi. Bu haqda u o‘zining tvitterdagi sahifasida yozgan. U yengil yo‘talga qaramay, o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Avvalroq koronavirusga chalingan Donald Trampning shifokori Shon Konli Amerika rahbarining davolanish tafsilotlarini oshkor qilgan edi. Shifokor Oq uy rahbari "qo‘shimcha kislorod"ga muhtoj emasligini aytdi. “Mutaxassislar bilan maslahatlashgandan so‘ng biz remdesivir bilan davolashni boshlashga qaror qildik. U [Tramp] birinchi dozani qabul qildi va bemalol dam olmoqda», – dedi Konli.